Bausa: "Messi bilan terma jamoaga qaytish haqida gaplashmadik, bu futbol haqida suhbat edi"

Aslanov Jasurbek
12 avg 2016, 11:02
Argentina terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Edgardo Bausa "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va Kataloniya klubi himoyachisi Xaver Maskerano bilan uchrashdi.

U yurtdoshlari bilan 1 soatga yaqin suhbatlashdi.

"Biz Messi bilan uning terma jamoaga qaytishi haqida gaplashganimiz yo'q. Bu futbol haqida suhbat edi. Shu kunlarda unga yana qo'ng'iroq qilaman" - deydi Bausa.

Oldinroq Bausa Messini terma jamoaga qaytarishga harakat qilmasligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca