Batt "Manchester Yunayted"dan ketdi

Sherzod Nurmatov
25 mar 2021, 01:19
Uning Manchestyerdagi 9 yillik faoliyatiga yakun yasaldi.

Batt "qizil iblislar" lagerida birinchi jamoaning rivojlanish bo'limi boshlig'i bo'lib ishlardi.

"Manchester Yunayted" o'zining rasmiy veb-saytida sobiq yarim himoyachi Niki Battning klub tuzilmasidan ketganini elon qildi.

Batt "qizil iblislar" safidagi to'qqiz yili davomida turli lavozimlarda ishlagan. Uning so'nggi ishi asosiy jamoadagi rivojlanish bo'limi rahbarligi edi. 

Ma'lumot uchun, Batt futbolchilik faoliyati davomida "Manchester Yunayted" libosida 387 ta uchrashuv o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com