Bastoni "Bavariya" bilan 2:1 haqida: "Inter" buyuk ishlarga qodir, lekin faqat shunday o'ynaganda"

Aslanov Jasurbek
9 apr 2025, 14:20
Alessandro Bastoni "Inter"ning buyuk ishlarga qodirligini aytmoqda.

Milanliklar Chempionlar ligasi 1/4 finalining 1-o'yinida mehmonda "Bavariya"ni (2:1) mag'lub etdi.  

"Bu g'alaba juda ko'p narsani anglatadi, ayniqsa "Parma" bilan o'yindagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin. Biz buyuk ishlarga qodirmiz, lekin faqat shunday o'ynaganda.  

Mening fikrimcha, bizdan kuchliroq jamoalar bor, lekin bugungidek harakat qilsak, har qanday raqib bilan bellasha olamiz", – dedi "Inter" himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport