“Borussiya” Dortmund himoyachisi Mark Bartra mashg'ulotlarga qaytdi.
U Chempionlar ligasining “Monako”ga qarshi bahsi oldidan Dortmunddagi portlash natijasida qo'lidan jarohat olib, jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazgan edi. Operaciyadan 17 kun o'tib, futbolchi yana jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi.