

"Mening barcha e'tiborim "Betis"ga qaratilgan. Menga bu yerda hammasi yaxshi, ammo hech qachon "Barselona"ga qaytish imkoniyatini istisno etmayman. Men u yerda ajoyib 15 yilni o'tkazganman.
Men "Barsa"ni diqqat bilan kuzatib boraman. U yerda mening ko'plab do'stlarim bor va endi meni "Betis"ga taklif qilgan murabbiy ham.
Men barqarorlik uchun uzoq muddatli shartnoma tuzdim. Men "Betis"ni o'sish loyihasi ekanligini bilaman. Bu yerda o'zimni uydagidek his qilyapman", - deydi Bartra.



