Bartomeu Neymar bilan nega uchrashdi?

Aslanov Jasurbek
20 iyul 2017, 13:52
"Barselona" rahbariyati Neymarning PSJga o'tishi mumkinligidan havotirda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Braziliya terma jamoasi futbolchisi bilan uchrashib, u bilan suhbatlashib oldi. Suhbatda Bartomeu Neymarning Parij klubiga o'tishiga to'sqinlik qilishga uringan. "Barselona"dagilar muammoni yaxshi tushunib turishibdi: PSJ Neymarga juda katta pul va o'z loyihasida yetakchi rolini taklif qilmoqda, "Barselona" esa buni taklif qila olmaydi. Kataloniya jamoasida Lionel Messining o'rni muhokama qilinmaydi. Neymar atrofidagilar futbolchiga qachongacha argentinalik soyasida qolmoqchi ekanligini so'rashgan.

Bartomeu va Neymar uchrashuvi natijasi aniq emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es