"Barselona"ning sobiq prezidenti 11 yilga qamalishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 iyul 2018, 23:26
Ispaniya prokuraturasi "Barselona"ning sobiq prezidenti Sandro Roselni 11 yilga qamashi mumkin.

"La Vanguardia" xabariga ko'ra, funkcioner pul o'marishda va jinoiy guruh tashkil qilganlikda ayblanmoqda. Guvohlarning ma'lumotiga ko'ra, prezident va yana 5 kishi Braziliya futbol konfederatsiyasidan tushgan 20 mln evroni "uxlatgan". O'shanda Rosel 6,5 mln evrolik bo'lgan.

Agarda prezident qamalishni istamasa, 59 mln evro jarima to'lashi kerak.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Vanguardia