"Barselona"ning "Chelsi" bilan o'yin uchun qaydnomasi: Pedri yo'q

Sherzod Nurmatov
25 noya 2025, 14:25
Kataloniya jamoasi "Chelsi"ga qarshi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi uchrashuvi uchun tarkibni ma'lum qildi.

Darvozabonlar: Joan Garsiya, Voycex Shensni va Diego Kochen.

Himoyachilar: Balde, Arauxo, Kubarsi, Kristensen, Jerar Martin, Kunde, Erik Garsiya.

Yarim himoyachilar: Fermin, Kasado, Olmo, Frenki De Yong, Bernal, Dro.

Hujumchilar: Ferran Torres, Levandovski, Yamal, Rafinya, Reshford, Runi.

Asosiy futbolchilardan biri Pedri bahsni o'tkazib yuboradi. Markus Reshford va Frenki de Yong safga qaytdi.

Londondagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com