"Barselona"ni italiyalik murabbiy boshqarishi mumkin

Оқил Абдубарноев
8 fev 2024
Xavi mavsum oxirida jamoani tark etishini e'lon qilganidan keyin "Barselona" o'ziga yangi murabbiy izlamoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, so'nggi paytlarda "ko'k-anorranglilar"ni boshqarish istagida bo'lgan murabbiylar soni anchaginani tashkil etadi.

"Barselona"ga taklif qilingan mutaxassislar orasida Antonio Konte ham bor, ammo kataloniyaliklar hali muzokara borasida qadam tashlagani yo'q. "Ko'k-anorranglilar" Germaniyadan murabbiy taklif qilishni afzal ko'rmoqda.

"Barselona" hozirda La Liga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Spanish Sport