"Barselona"dagilar Matyoning so'zlaridan hayron bo'lishdi

Aslanov Jasurbek
26 sen 2017, 13:25
"Barselona" rahbariyatini jamoa sobiq himoyachisi, hozirda "Sporting" sharafini himoya qilayotgan Jeremi Matyoning so'zlari hayratlantirdi.

Matyo ispan OAVga intervyu berayotib, ushbu jamoalar o'rtasidagi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida Kataloniya jamoasi darvozasiga gol ursa, uni nishonlashini aytdi. Fransiyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u jamoadoshlarini hurmat qiladi, biroq golni "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va klub sport direktori Robert Fernandesga jahl qilib nishonlaydi. Bunga Bartomeu va uning yordamchilari u bilan yomon munosabatda bo'lganini sabab qilib aytdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bartomeu va Fernandes bu so'zlardan hayron bo'ldi, chunki ular Matyoga hech qanday taziyq o'tkazishmagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo