

Matyo ispan OAVga intervyu berayotib, ushbu jamoalar o'rtasidagi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida Kataloniya jamoasi darvozasiga gol ursa, uni nishonlashini aytdi. Fransiyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u jamoadoshlarini hurmat qiladi, biroq golni "Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va klub sport direktori Robert Fernandesga jahl qilib nishonlaydi. Bunga Bartomeu va uning yordamchilari u bilan yomon munosabatda bo'lganini sabab qilib aytdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Bartomeu va Fernandes bu so'zlardan hayron bo'ldi, chunki ular Matyoga hech qanday taziyq o'tkazishmagan.


