"Barselona"da Messining o'rnini kim egallaydi?

Aslanov Jasurbek
23 okt 2018, 13:35
"Barselona" forvardi Lionel Messi "Sevilya"ga qarshi jarohat oldi.

Argentinalik ushbu bahsda qo'lini sindirib oldi va endi 3 hafta maydonga tusha olmaydi.

Diario Sport bergan ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Messining o'rnida yozda "Bordo"dan xarid qilingan Malkomni maydonga tushirmoqchi. Braziliyalik joriy mavsum 25 LaLiganing 2ta o'yinida zaxiradan maydonga tushib, 25 daqiqa o'ynashga muvaffaq bo'ldi. Lionel Messining jarohati Malkom o'zini ko'rsatishi uchun katta imkoniyat bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport