"Barselona" "Yuventus" futbolchisi uchun 60 mln evro taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
5 dek 2018, 23:12
"Yuventus" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur "Barselona" qiziqishlari doirasida.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchini jamoada katta rivojlanishga erishini sezishmoqda. Shu boisdan unga yaxshi maosh va ko'proq o'yin amaliyoti berilishi mumkin. Hozirda "Barselona" futbolchi uchun kurashda "Atletiko"ni ortda qoldirish uchun harakat qilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" futbolchini sotib olish uchun 60 mln evro to'lashga tayyor turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport