"Barselona" yaxshi taklif kelib tushsa, 20 yoshli Destni sotib yuborishi mumkin

Alisher
19 iyul 2021, 18:01
Himoyachi Serjino Dest "Barselona"dan ketishi mumkin.

Ispan klubi boshqa klublardan 20 yoshli futbolchi uchun yaxshi taklif kelib tushsa, uni eshitishga tayyor.

Qiziquvchilar orasida "Bavariya" va "Inter" bor, ammo aqshlik futbolchi Ispaniyada qolishni xohlamoqda.

Bundan tashqari, italyan klubi o'yinchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishi mumkin. "Barselona" esa uni to'liq transfer qilmoqchi.

Dest o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es