"Barselona" XXI asrda mezbon sifatidagi eng tezkor golni qabul qilib oldi

Оқил Абдубарноев
12 noya 2023, 22:51
Ispaniya chempionatining o'n uchinchi turidan o'rin olgan o'yinda "Barselona" o'z maydonida "Alaves"ni qabul qildi.

Uchrashuv Xavi Ernandes shogirdlari uchun yomon boshlandi - kataloniyaliklar tezkor gol o'tkazib yuborishdi.

O'yinning o'n sakkizinchi soniyasidayoq “Alaves” hujumchisi Samyuel Omorodion nemislar darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen darvozasini ishg'ol qildi. Ma'lum bo'lishicha, bu "Barselona"ning yigirma birinchi asrda o'z uyida o'tkazib yuborgan eng tezkor goli hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Opta