
Messi va Faus shartnoma borasida kelisha olmay qolishgan edi.
"Messi haq, men futbolga tushunmayman. Oramizda tushunmovchilik yuzaga keldi va keyinroq futbolchi va otasi bilan bunga aniqlik kiritdik. Klub Messiga o'z bahosini ko'tarish uchun yordam beryapti, futbolchi esa "Barselona"ga" - deydi Faus.
Faus o'tgan mavsumda Messi talab qilgan maoshni ko'tarishni istamagan edi. Futbolchi esa Fausning futbolda hech narsaga tushunmasligini aytgan. Natijada, klub Leoga yaxshilangan moliyaviy shartlar bilan yangi bitim taklif qildi.