Barselona Suares gol urgan o'yinda birinchi bor yutqazdi

Narzulla Saydullayev
13 mar 2017, 09:20
Barselona Ispaniya chempionatining 27-turida safarda Deportivoga mag'lub bo'ldi (1:2).

Kataloniya klubi Luis Suares gol urgan oldingi 73ta o'yinning hech birida imkoniyatni boy bermagan edi. Kecha bu anana barham topdi.

Urugvaylik hujumchi bu mavsum Ispaniya chempionatida 25ta o'yinda 21ta gol urdi va 11ta golli pas oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/MisterChiping