"Barselona" sobiq himoyachisi: "Messi - klubning texnik kotibi"

Aslanov Jasurbek
24 may 2019, 10:55
"Barselona" sobiq himoyachisi Ramon Aleshanko "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning Kataloniya klubiga ehtimoliy o'tishi va Lionel Messining jamoaga bo'lgan ta’siri haqida gapirdi.

"Messi trnasferlarga aralashmaydi. Uni texnik kotib desak to'g'riroq bo'ladi. Messi jamoadagi futbolni sevuvchilarni qo'llab-quvvatlaydi. U jamoadoshlaridan borini berib o'ynashni talab qiladi.

Grizmann "Barselona" uchun etarli darajada kuchli. U uchun asosiysi pul emas" - deydi Aleshanko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca