"Barselona" Senegal terma jamoasi himoyachisini sotib olishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2018, 16:12
"Barselona" Belgiyaning "Eypen" klubi va Senegal terma jamoasi himoyachisi Mussa Vag transferi ustida ishlamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, 19 yoshli futbolchi xarid qilinsa, u klubning ikkinchi jamoasi - "Barselona B"ga o'tkaziladi.

Mussa Vag "Eypen" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yilda klubning asosiy jamoasida debyut qildi. Vaga so'nggi mavsum Belgiya chempionatining 17ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

Vag Rossiyadagi jahon chempionatida 3ta uchrashuvda qatnashdi va Yaponiya terma jamoasi darvozasiga gol urishga muvafaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo