Barselona – Selta. Kataloniyaliklar ketma-ket ikkinchi o'yinda yutqazishdi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2014, 08:37
Ispaniya chempionatining 10-turida o'z maydonida Seltaga yutqazib qo'ygan Barselona chempionatdagi ketma-ket ikkinchi o'yinda mag'lub bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan turda Kataloniya klubi Realga imkoniyatni (1:3) boy berib qo'ygandi. Luis Enrike shogirdlari kechagi mag'lubiyatdan so'ng uchinchi o'ringa tushib ketishdi.

Barselona 2011 yil 22 oktyabridan buyon ilk bor o'z uyida gol ura olmadi. O'shanda jamoa Sevilya bilan durang (0:0) o'ynagandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru