

Kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchini 30 mln evroga baholamoqda. Biroq, "blaugrana" transfer jarayonini tezlashtirish uchun Kasadoning narxini sezilarli darajada pasaytirishga tayyor. "Barselona" tarbiyalanuvchini sotib yuborgan taqdirda, Reshford va yana bir futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin bo'ladi.
Avvalroq OAVda Kasadoga "Chelsi" va Madridning "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Reshford "Manchester Yunayted"dan ijara asosida "Barselona"ga o'tgan edi.



