"Barselona" Rafinya bilan shartnomani uzaytiradi, ammo...

Aslanov Jasurbek
31 avg 2018
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara "Betis"ga o'tishga yaqin.

Braziliyalik Kataloniya klubi bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytiradi, biroq ijara asosida mavsum oxirigacha Andalusiya klubiga o'tadi.

Rafinya va "Barselona" o'rtasidagi amaldagi bitim 2020 yilda yakuniga etadi.

Ko'k-anorranglilar avvaliga "Betis" futbolchini xarid qilishini talab qilgan edi. Biroq Andalusiya klubi Rafinyani sotib olish huquqi bilan ijaraga olyapti.

Oldinroq, xavbekka "Benfika" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com