"Barselona" prezidentligiga nomzod Neymarning qachon klubga qaytishi mumkinligini aytdi

Alisher
16 dek 2020, 15:33
"Barselona" prezidentligiga nomzod Emili Russo braziliyalik hujumchi Neymarning klubga ehtimoliy qaytishi haqida gapirdi.

"Biz Neymarning vakillari bilan gaplashdik. Shundan so'ng u Lionel Messi bilan yana bir jamoada bo'lmoqchiligini aytdi. Ko'plar PSJ deb o'yladi, ammo u "Barselona"ni nazarda tutgan edi.

Ammo, hozirda biz uning transferi uchun pul to'laydigan ahvolda emasmiz, shu sabab qaytish uning PSJ bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yetish kerak", - deydi Russo.

Eslatib o'tamiz, Neymarning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS