"Barselona" prezidenti: "Superliga loyihasi tirik. Biz UEFA oldida kechirim so'ramaymiz"

Alisher
21 iyun 2021, 18:24
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub Yevropa Superligasi g'oyasini qo'llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.

Eslatib o'tamiz, ayni damda faqatgina "Barselona", "Real" va "Yuventus" loyiha ishtirokchilaridan bo'lib turishibdi.

"Loyiha tirik. Biz hali ham UEFA bilan dialog boshlashga urinmoqdamiz. Biz musobaqa tashkil etishga urinish uchun kechirim so'ramaymiz. Biz UEFA oldida taqdirimizga egalik qilishni xohlaganimiz uchun uzr so'ramaymiz", - deydi Laporta.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN