"Barselona" o'tgan mavsum rekord darajada pul ishlab topdi

Tolibjon Qosimov
18 iyul 2017, 14:59
"Barselona" sport direktorlari 2016-2017 yilgi mavsumning moliyaviy ko'rsatkichlarini hisoblab chiqishdi.

Bir yil davomida klub rekord darajada 708 million evro ishlab topgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Harajatlarni chiqarib tashlaganda "Barselona"ning sof foydasi 18 million evroni tashkil qilgan.

Endi "Barsa"ning qarzlari 247 mln evroni tashkil etmoqda, qarzlar 24,5 mln evroga qisqargan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbarcelona.com