"Barselona" MYU sabab Yumtiti bilan shartnomani uzaytira olmaydimi?

Tolibjon Qosimov
3 apr 2018, 21:34
"Sport.es" nashrining ma'lum qilishicha, "Barselona" klubi "Manchester Yunayted" jamoasi sabab markaziy himoyachi Samuel Yumtiti bilan shartnomani uzaytira olmayapti.

O'yinchi klubda eng ko'p maosh oladiganlardan biri bo'lmoqchi, "ko'k-anorranglilar" esa bunga qarshi.

Futbolchiga o'zi istagan maoshni "Manchester Yunayted" taklif qilishi mumkin. Amaldagi shartnomaga ko'ra, Yumtitining tovon puli 60 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es