"Barselona" "Milan" o'yinchisi Frank Kesse bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
28 fev 2022, 13:20
"Barselona" ayni damda "Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ivuarlik futbolchi shartnomani uzaytirmoqchi emas va yangi klub qidirmoqda. U "Milan" taklif etayotgan 5 million evroga rozi emas.

25 yoshli Kessening italyan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es