"Barselona" "Manchester Siti" bilan Torresning transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
27 noya 2021, 17:10
Ispaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Ferran Torres "Manchester Siti"dan ketishga yaqin.

Futbolchi yanvardagi transfer oynasida vataniga qaytadi. Vingerning yangi ish joyi Kataloniyaning "Barselona" klubi bo'ladi.

Klublar muzokaralar olib borishmoqda va bitim borasida kelishuvga erishishdi. Torresning transferi "ko'k-anorranglilar"ga 50 mln evroga tushadi. "Barselona" o'yinchi bilan hamkorlikning tafsilotlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

Ispaniyalik "shaharliklar" safida o'tgan yilning yozida "Valensiya"dan o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum 7ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Golsmedia