"Barselona" Levandovski bo'yicha yangi taklif tayyorlaydi

Alisher
17 iyun 2022, 13:01
"Barselona" Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovskining transferi bo'yicha yangi shartnoma tayyorlamoqda.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona"ning so'nggi taklifi "Bavariya" tomonidan rad etilgan edi. "Ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laportaning Levandovski agenti bo'lmish Pini Zaxavi bilan munosabatlari a'lo darajada.

Polyakning o'zi "Chelsi" va PSJning qiziqishiga qaramay, aynan "Barselona"ga o'tishni xohlamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano