"Barselona" Kumanga uch o'yinlik muddat berdi

Mirjalol Normatov
4 okt 2021, 22:15
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning o'yinini va natijalarni yaxshilash uchun bosh murabbiy Ronald Kumanga uch o'yinlik vaqt berdi.

"Marca" xabariga ko'ra, 17 oktyabr kuni "Valensiya", 20 oktyabr kuni YCHLda Kievning "Dinamo"si va 24 oktyabr kunida "Real"ga qarshi o'yindan keyin mutaxassis borasidagi yakuniy qaror chiqariladi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Barselona" Ronald Kumanni iste'foga chiqarish uchun shartnomada ko'rsatilgan 13 million evro tovon pulini tayyorlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca