"Barselona" "Kamp Nou" stadionining rekonstrukciya ishlari qachon yakunlanishini ma'lum qildi

23 sen 2019, 21:50
"Barselona" kelgusi yillarda "Kamp Nou" stadionini qayta ta'mirlashni rejalashtirmoqda.

Kataloniya klubi arena rekonstrukciya ishlari 2024 yilda tugashi kerak, deb hisoblamoqda. Ta'mirlash keyingi yil yozda boshlanadi va 4 yil davomida ta'mirlanadi.

Shuningdek, "Barselona" yoshlar jamoasi o'ynaydigan "Mini Estadi" stadioni atroflari shu yilning oktyabr oyida buzilish ishlari boshlanishi ham e'lon qilingan.

Dastlab, "Barselona" o'yingohi rekonstrukciya ishlari 2022 yilda, unga yaqin hududlar esa 2025 yilda yakunlanishi rejalashtirilgandi.

Loyihaning qiymati 600 mln. evrodan 685 mln. evrogacha ko'tarilgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com