"Barselona" hujumchisi Dembele qachon safga qaytadi?

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 15:54
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele ikki haftadan so'ng safga qaytadi.

Bu haqda futbolchining o'zi ma'lum qildi.

"Ikki haftadan so'ng umumiy guruh bilan ishlashni boshlayman. Tiklanish yaxshi kechmoqda. Taxminan yana ikki hafta" - deydi Dembele.

So'nggi marotaba Dembele 16 sentyabr kuni "Xetafe"ga qarshi LaLiganing 4-tur uchrashuvida (2:1) tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es