"Barselona" Gyundoganning jarohati jiddiy emas deb hisoblamoqda

Administrator
13 sen 2023, 20:37
Futbolchi ko'zda yosh bilan maydonni tark etgandi.

"Barselona" klubi futbolchisi Ilkay Gyundogan Germaniya terma jamoasi safida Fransiyaga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Uchrashuvning 25-daqiqasida to'p uchun havodagi kurashda qatnashgan Ilkay erga tushish vaqtida oyog'idan lat edi. Futbolchi maydonni yig'lab tark etdi. 

Diario Sport nashrining yozishicha, "Barselona" klubi Gyundoganning jarohati jiddiy emas deb hisoblamoqda. Klub to'liq tibbiy tekshiruv o'tkazadi, ammo ular hozircha vaziyatga optimistik ruhda qarashmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Diario Sport