"Barselona" Frenki de Yongni tanishtirdi

Alisher
5 iyul 2019, 11:13
"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yongni keng ommaga tanishtirdi.

"Barselona" Frenki de Yongni tanishtirdi. Kataloniya klubi 21 yoshli o'yinchi uchun 75 million evro to'ladi. Transfer esa qishda amalga oshib ulgurgan.

Shartnoma 5 yilga mo'ljallangan. "Ayaks" futbolchining o'yiniga qarab bonuslar sifatida yana 11 million evro olishi mumkin.

O'tgan mavsumda u "Ayaks" tarkibida Erediviziyada 31 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcbarcelona