"Barselona" Fati, Garsiya va Langleni yangi mavsum uchun ro'yxatdan o'tkazdi
Omonjon To`xtamirzayev
13 avg 2024, 11:18
"Barselona" La Liga yangi mavsumi uchun qaydnomasiga Ansu Fati, Erik Garsiya va Kleman Langleni kiritishni uddaladi.
Ma'lum bo'lishicha, fransiyalik futbolchining ro'yxatga kiritilishi ko'proq rasmiyatchilik uchun amalga oshirilgan, klub "feyr pley" qoidalarini ko'zlab bu ishga qo'l urgan. Kleman katta ehtimol bilan ijaraga boshqa jamoaga ketadi.