
Kataloniya klubidagilarning fikricha, ikki poytaxt klubining o'zaro bahsi ular uchun katta jismoniy va ruhiy kuch ketishiga sabab bo'ladi. Bu esa "Barselona" uchun Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida qo'l kelishi mumkin. Agar qur'ada ushbu juftlik tushsa, muxlislar 3 ta derbini ko'rishlari mumkin. 31-turda milliy chempionatda ham jamoalar o'zaro o'yin o'tkazishadi.