"Barselona" Chempionlar ligasi yarim finalida "Bavariya" bilan o'ynamoqchi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2015, 11:41
"Barselona" murabbiylar shtabi va futbolchilari Chempionlar ligasi yarim finalida "Bavariya" bilan o'ynamoqchi.

Bunga sabab, Xosep Gvardiola shogirdlari hujumkor futbol namoyish etadi, myunxenliklarning asosiy tarkibida jarohatlangan futbolchilar ko'p. Bundan tashqari, nemislarni bir o'yindan ko'ra, ikki o'yinda mag'lub etish osonroq.

Chempionlar ligasi yarim finali uchun qura marosimi bugun Non shaxrida Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi. Qura saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com