"Barselona", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" Vlaxovich atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda

Alisher Ostonov
15 noya 2025, 22:37
"Yuventus" forvardi Dushan Vlaxovichga Yevropaning grand klublari qiziqish bildirmoqda.

25 yoshli serbiyaning turinliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. U yanvardan boshlab boshqa klublar bilan bemalol muzokara olib borishi mumkin bo'ladi. Manbaga ko'ra, Vlaxovich atrofidagi vaziyatni "Barselona", "Bavariya", "Manchester Yunayted", "Atletiko" va "Tottenxem" klublari kuzatib bormoqda.

Hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor narxini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport