"Barselona" Ansu Fatiga ehtimoliy o'rinbosar topdi

Alisher
10 noya 2020
"Barselona" jarohati sabab 3-5 oyga safdan chiqqan 18 yoshli hujumchi Ansu Fatiga o'rinbosar topdi.

Yosh ispaniyalik futbolchini "Barselona"ning ikkinchi jamoasida o'ynayotgan Konrad de la Fuente almashtirishi mumkin. Amerikalik futbolchi kataloniyaliklar akademiyasiga 2013 yilda kelgan, "Barselona B"da esa 2018 yildan beri o'ynamoqda. De la Fuente AQSH terma jamoasining 16 va 18 yoshgacha bo'lgan jamoalarida o'ynagan, hozirda esa U-20'da harakat qilmoqda.

Amerikalik futbolchi muntazam ravishda asosiy tarkib bilan shug'ullanmoqda. "Barsa" bosh murabbiyi Ronald Kuman futbolchining harakatlaridan hayratda, shu sabab Fatining safdan chiqishi unga ko'proq imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin.

Fati kecha tizzasidan operaciya qilindi. Jarrohlar uni 1,5 soat davomida operaciya qilishdi. Futbolchi La Liga 9-tur doirasidagi "Betis" (5:2)ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: elmundodeportivo.es