"Barsa" yozda Kunde, Kristensen va boshqa himoyachilar bilan shartnoma imzolamoqchi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2022, 22:46
Klub kelasi yozda himoyachi chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Barselona" klubi yozda uch-to'rt nafar himoyachi bilan shartnoma tuzadi. Bu bosh murabbiy Xavining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Klub Mingesa, Umtiti va Langle kabi himoyachilardan qutilmoqchi. Ular zaxiradan turib o'yinga qo'shilishlari mumkin. Ammo murabbiy asosiy himoya chizig'ini boshqa o'yinchilar bilan qurmoqchi. 

Ayni damda "Barselona" sport bo'limi "Chelsi" himoyachisi Kristensen va "Sevilya" vakili Jyul Kunde bilan shartnoma tuzish borasida ish olib bormoqda. "Yuve" himoyachisi Matteys de Ligt bilan esa yuqori maosh sabab kelishuvga erishish qiyin bo'ladi. Bundan tashqari, "Barsa" Sesar Aspilikuetani ham katta ehtimol o'z tarkibiga qo'shib oladi. "Valensiya" himoyachisi Xose Gayya ham kataloniyaliklar qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Diario Sport