"Barsa" va "Siti" o'zaro futbolchi almashishi mumkin

10 apr 2020, 03:03
"Barselona" o'z tarkibini "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 25 yoshli Kanseluning o'rniga Nelson Semeduni berib yuborishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Kanselu joriy mavsum 11 o'yinda (APL) maydonga tushgan bo'lsa, Semedu La Ligada 21ta o'yin o'tkazib, 3 bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph