"Barsa" o'yinchilari bir necha futbolchilarning kamaygan maosh bilan shartnomani uzaytirganliklaridan norozi

Alisher
22 okt 2020, 17:46
"Barselona" o'yinchilari orasida maoshning tushishi bilan bog'liq konflikt yuzaga kelgan.

Bunga sabab bir necha o'yinchilarning klub bilan muzokaralarda o'zini tutishi sabab bo'lgan.

Bunga chch o'yinchi, yani Mark-Andre ter Shtegen, Frenki de Yong va Kleman Langle maoshlar tushishiga qarshi klub futbolchilarining rahbariyatga rozilik bildirmaganlari borasidagi byurofaksga qo'l qo'ymaganlari sabab bo'lgan.

Ammo, shartnomani himoyachi Jerar Pike ham uzaytirdi. Ispaniyalik boshida rozilik bildirmaganlik borasidagi byurofaksga qo'l qo'ygan edi, ammo tez orada u klub bilan yangi shartlar asosida bitim imzoladi.

Qayd etish kerakki, "ko'k-anorranglilar" futbolchilarining bir qismi ushbu o'yinchilarning jamoadagi qolgan futbolchilarning g'oyasini qo'llab-quvvatlamaganligidan norozi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca