"Barsa" ketma-ket ikki mavsum chempion bo'la olmayapti - bunaqasi 13 yil bo'lmagandi

Aslanov Jasurbek
17 may 2021, 00:16
Bir necha daqiqa oldin "Barselona" "Selta"ga yutqazib qo'ydi (1:2) va La Liga bosh sovrini uchun kurashdan chiqib ketdi.

Shu tariqa, "blaugrana" qatorasiga ikkinchi mavsum chempion bo'la olmaydi. O'tgan yili kataloniyaliklar ikkinchi o'rinni egallashgandi, bu mavsum maksimum uchinchi bo'lishadi.

"Barsa" 13 yildan buyon ilk marta ketma-ket ikki mavsum chempionlikdan quruq qoldi – 2006/07-yilgi mavsumda ikkinchi bo'lishgan, undan keyingi mavsumda esa uchinchi pog'onani band etishgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru