Baqoev: "Bu futbol, kim vaziyatlarni ijobiy yakunlasa o'sha g'alaba qozonadi"

Eldor Akmurzayev
27 avg 2019, 22:30
Coca Cola Superligasi 18-turidan o'rin olgan So'g'diyona - AGMK uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'zbekiston ahlini yaqinlashayotgan mustaqallik bayrami bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, shunday qiyin o'tishi bilgandik. Sababi, raqibimiz tarkibida tajribali futbolchilar harakat qilishadi. Bahs qiyin o'tdi. Ularda ham bizda ham vaziyatlar bo'ldi. Lekin, oxirigacha kurashib g'alabaga erishdik. 

– Jamoa kuchli uchlikka kirish imkoniyatini saqlab turibdi. Nima deb o'ylaysiz klub buni uddalay oladimi?

– Biz barchasiga bosqichma-bosqich o'tmoqdamiz. Har bir o'yinga yaxshi tayyorgarlik bilan, raqiblarni xurmat qilgan holda tushmoqdamiz. G'alaba uchun o'ynashga intilyapmiz. 

– So'g'diyona asosan minimal 1:0 hisoblari bilan zafar quchib, vazifani maksimal uddalamoqda. Buni qanday izohlaysiz?

 Agar o'tgan o'yinni oladigan bo'lsak, 90+ daqiqalarda urilgan gol tufayli Bunyodkorga yutqazdik va ularga Kubok hamda chempionatda omad tiladik. Bugun esa oxirgi daqiqalarda gol urib, muvaffaqiyat qozondik. Bu futbol, kim vaziyatlarni ijobiy yakunlasa o'sha g'alaba qozonadi, deya so'zlarini yakunlagan murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia