

Oldingi shartnomasi mavsum oxirida tugaydigan 19 yoshli futbolchi yana 5 yil jamoada qoladigan bo'ldi.

"Biz Floning ushbu mavsumdagi o'yinidan hayratdamiz. Uning mashaqqatli mehnat qilishidan umidvormiz va uni kelgusi yillar davomida qo'llab-quvvatlashga tayyormiz", – deydi "Arsenal" ustozi Mikel Arteta.
Nyu-Yorkda tug'ilgan Balogun AQSH hamda Angliya yoshlar terma jamoalarida o'ynagan. U joriy mavsum "Arsenal" safida 6 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan.



