Monako Folarin Balogunni Arsenaldan qanchaga sotib olayotgani ma'lum

Alisher
29 avg 2023, 08:57
Folarin Balogun Fransiyaga qaytishga yaqin.

22 yoshli futbolchi faoliyatini Monakoda davom ettiradi. Fransiya jamoasi hujumchi uchun Arsenalga 45 million evro to'laydi. Futbolchining o'zi esa bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Balogun o'tgan mavsum ijara asosida Reymsda o'ynadi. U jamoa safida 39 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru