Bakka: "Og'ir damlarda gol ura olmaganman, ammo hamma meni qo'llab-quvvatlagan"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2017, 16:10
"Milan" hujumchisi Karlos Bakka "Kevo"ga qarshi A Seriyaning 27-tur uchrashuvida (3:1) dubl qayd etganidan mamnun.

"Og'ir damlarda gol ura olmaganman, ammo hamma meni qo'llab-quvvatlagan. Muxlislar, jamoadoshlar va murabbiy meni qo'llab turishini ko'rish juda muhim. Baxtliman, biroq ko'proq ishlashim kerak.

Bugun qiyinchilik bilan g'alabaga erishdik va ertadan boshlab "Yuventus" haqida o'ylaymiz" - deydi Bakka.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia