Bakka Kolumbiya chempionatiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2022
"Granada" hujumchisi Karlos Bakka jamoani tark etdi.

Tajribali futbolchi "Atletiko Xunior" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi Kolumbiya klubi rasmiy sayti.

35 yoshli kolumbiyalik bilan kelishuv shartlari oshkor etilmagan. Eslatib o'tamiz, Bakka bu jamoada 2009 yildan 2011 yilgacha o'ynagan.

Karlos Yevropada "Bryugge, "Sevilya", "Milan" va "Vilyarreal" sharafini himoya etgan. U uch karra Yevropa Ligasi g'olibi sanaladi.

U o'tgan mavsum "Granada" safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta to'p kiritgan va 3 ta golda assist vazifasini bajargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juniorfc.co