BAA – O'zbekiston uchrashuvini avstraliyalik hakamlar boshqaradi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2025, 15:27
5 iyun kuni JCH-2026 saralashi doirasida BAA – O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu bahsni avstraliyalik FIFA referisi Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia