

"The Mirror" nashrining yozishicha, Angliyaning "Liverpul" klubini amirlik hukumati nazorati ostidagi Dubai Holding konglomerati bo'limi – Dubai International Capital (DIC) sotib oladi. Ehtimoliy bitim 5 milliard dollarga baholanmoqda.
DIC 2007 yilda ham "Liverpul" nazoratini o'z qo'liga olishga urinib ko'rgandi, ammo o'shanda 360 million dollarlik taklif rad etilgan.



